YangiliklarJahonRossiya harbiy delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifi boshlandi

Rossiya harbiy delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifi boshlandi

Kecha, 5 avgust kuni mamlakatimizga Rossiya Federatsiyasi mudofaa vazirining birinchi oʼrinbosari – Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshligʼi armiya generali V. Gerasimov boshchiligidagi harbiy delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif davomida V. Gerasimov Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xavfsizlik Kengashi kotibi V. Maxmudov hamda Mudofaa vazirligida Oʼzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining birinchi oʼrinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshligʼi general-mayor Shuxrat Xalmuxamedov bilan uchrashdi.

Uchrashuvlarda delegatsiya rahbari bilan ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlik masalalarining joriy holati hamda istiqbollari, mintaqaviy xavfsizlik masalalari muhokama etildi. Harbiy taʼlim, hamkorlikdagi oʼquvlar va treninglar, jangovar tayyorgarlik yoʼnalishlarida oʼzaro tajriba almashish masalalari koʼrib chiqildi.

Shuningdek muzokaralar davomida “АrMI – 2021” xalqaro armiya oʼyinlari bugungi kunda ishtirokchi davlatlar harbiy xizmatchilarining oʼzaro jangovar kuch sinashish, tajriba almashish maydoniga aylanib borayotgani va uning geografik koʼlami tobora kengayib borayotgani eʼtirof etildi. Taʼkidlash joizki, joriy yilda Oʼzbekiston Mudofaa vazirligi jamoalari “АrMI – 2021” doirasida oʼtkazilayotgan musobaqalarning 24 ta yoʼnalishida ishtirok etmoqda.

Rossiya delegatsiyasi tashrif davomida Toshkent shahridagi “Gʼalaba bogʼi” yodgorlik majmuasi bilan tanishishi koʼzda tutilgan.

Bundan tashqari V. Gerasimov 6 avgust kuni “Termiz” poligonida Oʼzbekiston – Rossiya hamkorligidagi oʼquvlarning faol bosqichi va tantanali yopilish marosimida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Mudofaa vazirligi Аxborot va
ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Алоқадор мақолалар

Сўнгги янгиликлар

spot_img