YangiliklarMahalliySo‘x tumanida yuz bergan sel toshqini oqibatlari bartaraf etilmoqda

So‘x tumanida yuz bergan sel toshqini oqibatlari bartaraf etilmoqda

2021 yil 6 avgust kuni So‘x tumanining tog‘oldi hududlarida kuchli yomg‘ir va jala yog‘ishi natijasida suv toshqini yuzaga kelgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi rasmiy kanali xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa oqibatida “Umbara”, “Devayron” mahallalarida yashovchi fuqarolarning hovlilari, ekin maydonlari va qo‘shimcha binolariga zarar yetgan. Navobod mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Malbud massivi hududida ham suv toshqini yo‘llarni to‘sib qolishiga sabab bo‘lgan.

Yuzaga kelgan suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tezkor shtab tashkil etildi va ayni damda bu boradagi ishlar jadal davom etmoqda.

Tezkor shtab a’zolari tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligida darhol voqea joyida yetib borishdi. Sel oqibatida talofat ko‘rgan hududlarni tozalash maqsadida barcha texnika va kuchlar safarbar etildi. Eng asosiysi, aholi o‘rtasida talofat ko‘rganlar yo‘q, tabiiy ofat fuqarolarga zarar yetkazmagan.

Алоқадор мақолалар

Сўнгги янгиликлар

spot_img