YangiliklarHuquq“Subsidiya nega berilmayapti?” mazmunidagi xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat

“Subsidiya nega berilmayapti?” mazmunidagi xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Subsidiya nega berilmayapti? mazmunidagi xabarlar tarqaldi.

Davlat xizmatlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi masala yuzasidan quyidagilarni bildiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi “Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 182-son qaroriga asosan uy-joy sotib olish uchun subsidiya yuzasidan ariza topshirish muddati 2020 yil 31 dekabrga qadar uzaytirilgan.

Shunga ko‘ra, mazkur masalada fuqaro Mansurov Ulug‘bek Jumayevichning murojaati Sho‘rchi tuman davlat xizmatlari markazi orqali 2020 yil 16 dekabrda mas’ul tashkilotlarga yuborilgan.

Ushbu murojaatga asosan fuqaro U.Mansurovga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 17 fevraldagi Uy-joy sotib olish uchun subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi 1722/226-5491-son xabarnomasiga ko‘ra davlat budjeti hisobidan uy-joy sotib olish uchun Termiz shahridan subsidiya ajratilishi belgilangan.

2020 yil uchun 424 nafar fuqaroga ajratilgan subsidiya mablag‘lari bo‘yicha to‘lov amalga oshirilgan hamda yana 467 nafar fuqarolarga ham ijobiy xulosalar berilgan. Shundan 278 nafar fuqarolar boshlang‘ich badalni to‘lashga o‘z roziliklarini bildirgan.

Fuqaro U.Mansurov uy-joy joy sotib olishga subsidiya berishni so‘rab 2020 yilning dekabr oyidagi murojaatiga ko‘ra berilgan ijobiy xulosa asosida boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirish istagini bildirgan 278 nafar fuqarolar ro‘yxatiga kiritilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 44-bandiga asosan ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash natijalariga ko‘ra 30 va undan yuqori ball to‘plagan, lekin joriy yil uchun belgilangan subsidiyalar soni tugaganligi sababli subsidiya olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan talabgorlar keyingi yil uchun subsidiya oluvchilar ro‘yxatiga avtomatik tarzda kiritiladi.

Yuqoridagilar ko‘ra, moliya bo‘limi tomonidan 2021 yil 5 yanvarda berilgan xulosasida ko‘rsatib o‘tilganidek, 2021 yilda Surxondaryo viloyati uchun shahar joylarida uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar moliyalashtirilganda, fuqaro U.Mansurovning masalasi o‘z yechimini topadi.

Hurmatli fuqarolar!

Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasiga oid savollaringiz bilan Davlat xizmatlari agentligining 1148 telefoni orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Алоқадор мақолалар

Сўнгги янгиликлар

spot_img