Bosh sahifaE-mutolaa“Inson va qonun” gazetasiAfsonaviy o’zbek ayoli Xadicha Sulaymonova hayotiga chizgilar

Afsonaviy o’zbek ayoli Xadicha Sulaymonova hayotiga chizgilar

Asrlar davomida dunyo ayollariga o‘rnak bo‘lib kelgan Sharq ayollarining deyali ko‘pchiligi aynan ko‘hna turon olamidan chqishgan. Biz ushbu ayollar qatoriga Xadicha Sulaymonovani ham kiritishimiz mumkin. X.Sulaymonova 1913-yilning 3-iyun sanasida Andijon viloyatining ziyolilar oilasida dunyo kelgan. Qozoq millatiga mansub otasi Sulaymon Kelginboy o‘g‘li o‘z davrining 5 tilda mukammal o‘zlasha oladigan o‘ta kam sonli bilimdon kishilaridan bo‘lgan. Otasi Andijonga ko‘chib kelgandan so‘ng, Otincha ismli qizga uylanadi va ulardan Yusufjon, Moʼtabar, Xadicha, Niyozbek, Gulbahromlar ismlar farzandlar dunyo kelishadi. Ushbu ma’lumotlarni X.Sulaymonavaninig xolavachasi Qurbongul Saidova ham tasdiqlagan. Rusda bolsheveklar harakati boshlangan fuqarolar urushi davrida Xadichaning otasi ham ruslar qo‘lida halok bo‘ladi, shundan so‘ng ro‘zg‘ordagi barcha ma’sulyat onasi Otinchaning gardaniga tushadi. Lekin butun boshli SSSRdagi suronli yillar qaramasdan ona qa’tiyatli ayol bo‘lganligi sababli o‘z farzandlarini hech kimdan kam qilmasdan ota o‘rnida ota, ona o‘rni ona bo‘lib o‘stiradi. Xususan Xadicha Sulaymonova yoshlik yillarida oilasi bilan xolasining qistovi bilan Qozog‘istonning Mankent qishlog‘iga boradi va usha yerdagi Belogordskiy qishlog‘idagi maktabga oilaning to‘rt nafar farzandi bir kunda 1-sinf chiqashidi. Hayratlanarli holat bo‘lishi mumkin, lekin o‘sha davr sovet davlatlaridagi maktablarning 1 sinfda turli yoshdagi o‘qishi tabiiy holatdir. Oradan 3 yildan so‘ng Otincha o‘z fazandlari bilan ona shahri Andijonga qaytib pilla zavodiga ishga kiradi. Keyinchalik esa o‘qish kurslarida olgan bilimlar natijasida savodsizlikni tugatish kurslarida dars bera boshlaydi. 1931-yilda u maktabni tamomlab, toshkentga yo‘l oladi.

Xadicha Sulaymonavoning huquqshunos bo‘lish orzusi yoshligida ko‘plab voqealarga bog‘liq. Xususan, 20-yillarning oxirida o‘sha vaqtlardagi taniqli sanatkor Nurxon akasi tomonidan diniy mutassiblarning ta’sir ostida pichoqlab o‘ldiradi. Aynan shu bo‘yicha o‘tkazilgan ochiq sud protseslarida yosh Xadicha ham ishtirok etadi. Bu protsess hayot saboqlarini endi anglay boshlagan Xadichaga juda qattiq ta’sir qiladi va huquqshunoslikka nisbatdan muhabbat urug‘ini qalbiga ekkan deb manbalarda keltiriladi.

Yosh Xadicha maktabni tugatib Toshkentda joylashgan Jahon Obidova nomidagi Sovet qurilishi va huquq ilmiy-tadqiqot intitutining tayyorlov kursiga qabul qilinadi va u yerni tugatib aynan shu institutning 2-bosqichidan o‘qishini davom ettiradi. Institutda sovet davrining yetakchi huquqshunos professorlaridan ta’lim oladi. 1935-yilda institutni yuqori natijalar bilan tugatib, diplomni bituruv kechasi tadbirida Oʻzbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi raisi Y. Oxunboboyevda shaxsan o‘zi oladi. X.Sulaymonova dastlabki ish faoliyatini tuman xalq sudi sifatida boshlaydi. Lekin Xadichaga yuqori lavozimga ko‘tarilishi uchun ko‘p yillar ketmadi, negaki qisqa muddat ichida Oliy Sud a’zoligiga tavsiya etiladi va 1935-yilning o‘zidayoq 22 yoshli Xadicha Oliy Sudyaligiga saylanadi. Shu davrgacha bo‘lgan tarix davomida hech bir shaxs bu yoshda ushbu lavozmni egallamagan edi.

Xadichaning ish faoliyati “Qatag‘on davri”ga kelib qoldi. Lekin u ziddayatli davrda o‘z millati va vijdoni oldida qonunlar doirasidan chiqmagan holda adolatli qarorlar qabul qila oldi. X.Sulaymonovaning ilmga chanqoqligi uni aspiranturada o‘qish uchun Moskva Yuridik instituga yetakladi. X.Sulaymonovaning aspiranturada o‘qish davrini uning bir qator ustozlari iliq xotiralar bilan eslab o‘tishadi. U dissertatsiya mavzusi sifatida “Xarbiy intervensiya va grajdanlar urushi davrida O‘zbekistonning jinoyat qonunlari”ni tanlaydi. Xadicha Sulaymonovaning qay darajada bilimli va keng dunyo qarashga ega ekanligini yuqoridagi o‘sha davrda O‘zbekistonda muammoli hamda yechimini topmagan mavzuga qo‘l urganidan ham bilishimiz mumkin. Ammo 1941-yilda ko‘plab begunoh insonlarning yostig‘ini quritgan Ikki jahon urushining boshlanib ketishi Xadichaga o‘z dissertasiyasini oxiriga yetkazib, uni himoya qil izn bermadi. Urush boshlangan so‘ng Toshkent yuridik institutiga dars berish uchun jo‘natiladi. X.Sulaymonovaning haqiqiy tirishqoq va mehnatkashligini biz uni nafaqat amaliyot sohasida, balki pedagogik faoliyatida ham erishgan natijalaridan ham bilib  olishimiz mumkin. Institutda dastlabki ikki yil davomida u asistent bo‘lib, keyin dotsent vazifasini bajaruvchi sifada bo‘lajak yuristlarga o‘z nazariy hamda amaliy bilimlarini  beradi.

Nihoyat 1945-yil 20-iyunda SSSR Adliya komissarligi huzuridagi Butunittifoq yuridik institutida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. Shu yili Toshkent yuridik instituti jinoiy huquq kafedrasi mudiri etib tayinlanadi. SSSR Oliy taʼlim ministrligi Oliy attestatsiya komissiyasi unga berilgan dotsentlik unvonini tasdiqlaydi. Shu qatorida o‘rta osiyoda huquqshunoslik sohasida ilmiy darajaga ega bo‘lgan birinchi ayol sifatida Xadicha Sulaymonova o‘z nomini tarixda ikkincha marta qoldirdi.

1948-yili SSSR Fanlar Akademiyasi Yuridik institutiga doktoranturaga yuboriladi. U X.Sulaymonova akademiyada asosan O‘zbekistonda sovet sudlarining  tashkil topish tarixiga oid masalalar bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari sovet hukumati g‘oyalariga qarshi qaratilgan har qanday gap, so‘zlar natijasida quvg‘unga uchraydigan bir davrda X.Sulaymonova o‘z maqolalarida o‘lkamiz hududida 1928-yilgacha mavjud bo‘lgan shariat sudlarining ijobiy va salbiy tomonlarini, hattoki ulardan ayrimlaridan mintaqadagi tahlikaviy holatdan kelib chiqib foydalanish zarurligini qurqmasdan bayon etib ularni chop etadi. Uning doktorlik ilmiy izlanishlari ijobiy baholanib, doktorlik himoyasini muvafaqqiyatli tugadi. Shunday qilib  yana X.Sulaymonova doktorlik unvonini olgan birinchi ayol sifatida tarif etilishiga sabab bo‘ladi. Bundan keyingi davr mobaynida X.Sulaymonova Falsafa va huquq institutini tashkil etishda va uni huquq ilmiy-tadqiq markaziga aylantirishda bosh qosh bo‘lib xizmat qiladi. X.Sulaymonova 1926-yildan kuchga kirgan jinoyat kodeksiga bo‘lgan tarifni eng muhummal qilib bayon etib, uni sharhlaydi va uning qo‘llash amalyotini ham tadbiq etadi.

1954- yilning dekabrida uning bunday olib borgan tizmli mehnatlari ham hukumat tomonidan e’tirof etilib, Xadicha Sulaymonovaga “Oʻzbek SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi” unvoni beriladi. 1955-yilda  SAGUda ochilgan yuridik fakulteti dekani va jinoiy huquq kafedrasi mudiri lavozimlarini egallaydi. Bir yil o‘tib OʻzSSR Fanlar Akademiyasi akademigi boʻlib saylanadi. Muvofaqqiyatga erishish uchun ko‘p yillarni sarflaymaydigan Xadicha Sulaymonova 1956-yilning sentyabrida OʻzSSR Adliya ministri boʻladi va “OʻzSSR advokatura toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini tayyorlaydi.

X.Sulaymonova OʻzSSR Adliya ministri  lavozimiga kelishiga tarix va xalqqa ochiqlanmagan voqealar bor. Xususan X.Sulaymonova qatog‘on qurboni bo‘lib, yolg‘on materiallar bilan ayblanmagan 40minga yaqin o‘zbeklarning aybsiz deb topilib oqlanishida uning roli katta hisoblanadi. Ko‘pchilik uni  Fayzulla Xo‘jayev va Akmal Ikromovlarning ham oqlanishida OʻzSSR Ministrlar Sovetining rahbari Nuriddin Muhitdinov bilan shaxsan o‘zi SSSR Bosh prokurori R.A.Rudenkoning kabinetida uning ikki o‘rinbosari bilan norasmiy muhokama qatnashaganidan xabardor emas. O‘rinbosarlarning qochirimli savollariga inkor etib bo‘lmas dalillar asosida javob bergan X.Sulaymonovaning sharofati bilan ular oqlanadi. Dunyo tan olgan prokuror Rudenko X.Sulaymonovaning shijoatliligidan hayratlanib u shunday degandi: “Bunchalik chuqur bilimga ega bo‘lgan bu o‘zbek qiziga men tan berdim”.

Shu voqealar natijasida X.Sulaymonova yuqoridagi rahbarlarning nazariga tushadi. U Adliya ministri bo‘lgan davrda, minstrlikda ko‘plab islohotlarni amalga oshiradi, aholini huquqiy ongi va madaniyatini yuklantirishda OAVdan foydalanishning yo‘llarini ishlab chiqadi. Ministr sifatida o‘zini tutishi bilan barcha rahbarlarga o‘rnak bo‘la oldi, xususan o‘z nutqlarida og‘irlik, vazminlik, xushmumilalik bilan murojaat etar, viloyatlardagi bo‘lim va boshqarmalarni tekshirishda o‘zi bosh qosh bo‘lardi. Hozirgi kundagi har bir rahbarda bo‘lishi kerak bo‘lgan hislatlarning barchasi unda mujassam edi.

1956-yili O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi haqiqiy a’zosi etib saylanadi va akademik unvonini oladi. 1958-yil 24-yanvarda uning rahbarligida hozirgi kunda uning nomi bilan ataladigan Toshkent sud ekspertiza ilmiy-tadqiot instituti tashkil etiladi. Bu ekspertiza markazi hozirgi kunga qadar o‘z faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.

Xadicha Sulaymonova o‘z vatani nomini dunyolarga tanitishda ham o‘z hissani qo‘shdi va hukumatlar ishtirok etadigan yirik anjumanlarda uning siyosatchilarga xos bo‘lgan nutqlari jaranglay boshladi. 1956-yilda Amsterdamda o‘tkazilgan sotsiologlarning uchinchi xalqaro kongresida O‘rta Osiyodagi oilaviy munosabatlar xususida o‘z nutqi bilan qatnashdi. Unga qarata berilgan savollar ustalik bilan aniq va inkor etib bo‘lmas tarzda javob berishlari natijasida butun dunyo huquqshunoslarining nazariga tushdi. Kelgusida X.Sulaymonova  London, Kolombo, Tokio, Dehli, Praga, Sofiya, Qohira kabi qator nufuzli shaharlardagi xalqaro anjumanlarda ishtirok etib, mavuziga oid masalalarda o‘z fikrlarini aniq yoritib bera olishiga tarix guvohdir.

X.Sulaymonova  bular bilan to‘xtab qolishni aslo istamagan va o‘z mehnatlarini davlati rivoji uchun ayamagan. 1964-yilda esa O‘zSSR Oliy Sudi raisi etib saylanadi, buni qiziqarli jihati shundaki ushbu lavozimni egallagan nafaqat osiyoda balki butun dunyo birinchi ayol bo‘ldi. XX asrda shakllanib gender tengligi va ayollar huquqlarini haqida olamga bong urib kurashayotgan, bu g‘oyani ilgari surayotgan dunyoning yetakchi davlatlaridagi ayollarga emas, unga nasib etishi bu eng quvonarli va fahrlanadigan holatdir.

Pedagogik, rahbarlik borasida barchaga o‘rnak bo‘la olgan X.Sulaymonova oilaviy munosabatlarda ham barcha ayollarga o‘rnak bo‘la oldi. U faqat ishni emas oilasiga ham ko‘p vaqt ajratar edi. Xususan uning umr yo‘ldoshi u bilan bir sohafa faoliyat yuritgan B.Sherxo‘jaev prokuratura hodimi bo‘lgan, Ulardan Shavkat ismli farzand yodgor bo‘lib qolgan. Uning turmush o‘rtogi u haqida:” Xadicha taqdirning menga bergan eng katta “sovg‘asi” edi. Men undan minnatdorman”,- degan so‘zlarida ham uning oilasidagi o‘rni va munosabatini qay darajada ekanlignin bilib olishimiz mumkin.

1965-yil 26-noyabrda og‘ir hastalik bilan kurashishlar so‘ng X.Sulaymonova bu yorug‘ olamni tark etdi. Ushbu buyuk olimadan meros bo‘lib qolgan hayot maktabi barcha uchun o‘rnak bo‘ladi. Negaki qisqa umri davomida erishgan yutuqlariga qaraydigan bo‘lsak, huquq sohasidagi barcha yuqori lavozimlarini egalladi, xolbuki ushbu lavozimlarni egallashni xohlamaydi yurist bo‘lmasa. Ha aynan X.Sulaymonova barcha yetishni istaydigan va ko‘pchilik uchun orzuligicha qoladigan natijalarga erishdi. Uning qonunchilikni tadbiq etishda, uni amaliyotga bog‘lashdagi mehnatlarini va aholini huquqiy ongi va madaniyatini yuklantirishda amalga oshirgan ishlarini unutib bo‘lmaydi. Bugungi kunda X.Sulaymonova nomini abadiylashtirish yuzasidan amalga oshiroliyotgan ishlar buning amaliy misolidir. U haqida maqolalar, kitoblar chop etildi. Xususan bu yil Xadicha Sulaymonovaning 110 yilligi tantanali nishonlanishi belgilangan bo‘lib, Toshkent davlat yuridik universitetida uning nomidagi stipendiya tashkil etildi.

Shoxjaxon Toshtemirov,

Toshkent davlat yuridik universiteti

Xalqaro huquq fakulteti 3-bosqich talabasi

 

 

Ijtimoiy tarmoqlar

0АъзоларЁқтириш
0ОбуначиЭргашувчи
0ОбуначиЭргашувчи
0ОбуначиОбуна

So‘nggi yangiliklar

Tavsiya etamiz