Bosh sahifaYangiliklarJahonAQSh ayollar huquqlarini poymol qilayotgan afg‘on elitalariga...

AQSh ayollar huquqlarini poymol qilayotgan afg‘on elitalariga qarshi sanksiyalar kiritadi

Oq uy afg‘on ayollari huquqlarini poymol qilayotgan afg‘on elitalariga viza cheklovlari kiritadi. Cheklovlar bunday shaxslarning qarindoshlariga ham  qo‘llaniladi. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishacha, sanksiyalar “Tolibon”ning ayrim amaldagi va sobiq a’zolariga taalluqlidir. Ro‘yxatga Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari vakillari va ayollarning universitetlarda o‘qishi va notijorat tashkilotlarda ishlashini taqiqlashni talab qilgan amaldorlar ham kiritilgan.

“Tolibon barcha afg‘onlar, jumladan, ayollar va qizlarning inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilishni boshlamaguncha, jahon hamjamiyatining hurmati va qo‘llab-quvvatlashiga umid qila olmaydi”, degan janob Blinken.

“Tolibon” Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga 2021 yil avgust oyida kelgan. Dastlab “Tolibon” shariat bo‘yicha ayollarning huquqlarini hurmat qilishga va’da berli, biroq vaqt o‘tishi bilan ularni cheklay boshladi. 2022 yil oxirida Tolibon ayollarga har qanday ta’lim olishni taqiqladi. Bundan tashqari, ular bir qancha sohalarda ayollarning mehnatini cheklashdi. Masalan, ularga sudya sifatida ishlash taqiqlangan.

“Tolibon” harakatidan norozi afg‘on ayollari namoyishlarga chiqishdi. “Tolibon” norozilik haraktlarini ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz yordamida tarqatib yubordi.  The New York Times gazetasi bunday harakatlarda qatnashgan ayollar keyinchalik Tolibon tomonidan qanday repressiyaga uchragani haqida yozdi.

2021 yilda Afg‘oniston Jahon Iqtisodiy Forumining gender tengligi bo‘yicha mamlakatlar reytingi The Global Gender Gap Index reytingida oxirgi, 156-o‘rinni egalladi.

 

Ijtimoiy tarmoqlar

0АъзоларЁқтириш
0ОбуначиЭргашувчи
0ОбуначиЭргашувчи
0ОбуначиОбуна

So‘nggi yangiliklar

Tavsiya etamiz