Bosh sahifaMuhimBu yil Pop va Farg‘ona tumanlarida 2...

Bu yil Pop va Farg‘ona tumanlarida 2 ta quyosh stansiyasi quriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Yangi Andijon massividagi “Ipoteka markazi”da muqobil energetikani rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Faollar bilan bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvda prezident energetika tizimidagi muammolar va ularning yechimi haqida gapirmoqda.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida elektrga talab 40 foizga ko‘paygan.

Shunga qaramay, bu yil juda sovuq kelgan qish kunlarida respublikada 3,1 milliard kilovatt soat (vodiy viloyatlarida 1,1 mlrd kVt soat) elektr yetishmovchiligi yuzaga keldi.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, bu yil Pop va Farg‘ona tumanlarida 600 Megavattli 2 ta quyosh stansiyasi quriladi.

Ikkinchidan, vodiy viloyatlarida 160 Megavattli quyosh panellari va 100 ta mikro GESlar quriladi. Bu ishlarni joylarda to‘g‘ri tashkil etish uchun viloyat hokimlarining 1-o‘rinbosarlari mas’ul bo‘ladi va hamma ishlardan ozod qilinadi. Ularga respublika bank rahbarlari biriktiriladi.

Uchinchidan, ijtimoiy soha ob’ektlarida “quyosh energiyasi”dan foydalanish uchun alohida kompaniya tashkil etiladi. Unga 200 million dollar mablag‘ beriladi.

Kompaniya quyosh panellari va suv isitish qurilmalarini o‘zi o‘rnatadi va “yashil energiya”ni budjet korxonasiga sotadi.

To‘rtinchidan, yirik korxonalarda ham qayta tiklanuvchi energiya manbalari o‘rnatiladi.

Sanoat korxonalarida quyosh panellari o‘rnatish va kichik stansiyalar qurish uchun xalqaro moliya tashkilotlaridan 2 milliard dollar jalb qilish choralari ko‘riladi.

Beshinchidan, endilikda aholiga quyosh energiyasidan foydalanish uchun jozibador tizim yaratiladi. Vodiydan boshlab, xonadonlarda ishlab chiqarilgan va tarmoqqa uzatilgan har bir kilovatt soat elektr energiyasi uchun 1 ming so‘mdan hisob-kitob qilinadi (hozir 295 so‘m).

Oltinchidan, barcha ijtimoiy ob’ektlardagi 3 mingta eskirgan qozonlarni zamonaviy uskunaga almashtirish zarur. Bunda joriy yilda davlat-xususiy sherikchilik asosida 250 milliard so‘m ajratiladi

Yettinchidan, vodiyda yiliga 120 million kub metr gaz sarflayotgan 170 ta issiqxona, 64 ta g‘isht va ohak korxonalarini ko‘mirga o‘tkazishni tezlashtirish kerak.

Ijtimoiy tarmoqlar

0АъзоларЁқтириш
0ОбуначиЭргашувчи
0ОбуначиЭргашувчи
0ОбуначиОбуна

So‘nggi yangiliklar

Tavsiya etamiz