Bosh sahifaE-mutolaa“Inson va qonun” gazetasiBuxoroda ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

Buxoroda ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi, Buxoro davlat universiteti hamda Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda “Yangi Oʼzbekistonning Yangi Konstitutsiyasi — Inson huquq va erkinliklarini taʼminlashning mustahkam poydevori” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi tashkil qilindi.

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi hamda Buxoro viloyat sudi vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, fan doktorlari va professor o‘qituvchilar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Mazkur respublika ilmi-amaliy konferensiyasini Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Raxmatov hamda Buxoro davlat universiteti rektori O.Hamidov kirish so‘zi bilan ochib, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va ahamiyati, uni o‘rganishning zarurati masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisining o‘rinbosari, yu.f.d. A.G‘afurov, Toshkent davlat yuridik universiteti bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent B.Narimonov, Buxoro viloyat sudining sudyasi Sh.Quvvatov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi A.Huseynova Buxoro davlat universiteti yurisprudensiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi dotsenti G‘. Yangiev ma’ruzalari tinglandi.

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sh.Bahronov “Yangi Konstitutsiyadagi demokratik huquq va erkinliklar bilan bog‘liq normalarni hayotga tatbiq etish masalalari” maruza qilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-67-son Farmoni bilan yangi Konstitutsiyani ijrosini qanday ta’minlash masalasida chora-tadbirlar belgilab berilganligi masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Jumladan, Farmonda davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari yangi tahrirdagi Konstitutsiyani amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash uchun shaxsan javobgar hisoblanishi, yangi tahrirdagi Konstitutsiya oliy yuridik kuchga yega yekanligidan kelib chiqib, davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida to‘g‘ridan to‘g‘ri va so‘zsiz qo‘llanilishi, Konstitutsiya normalarini ularni amalga oshirish uchun boshqa qonunchilik hujjatlarining mavjud yemasligi yoki qonunchilikka Konstitutsiyaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmaganligi vaji bilan qo‘llashni rad etish qat’iyan taqiqlanishi belgilanganligi tushuntirib o’tildi.

Konferensiya davomida yangi tahrirdagi Konstitutsiya davlat va jamiyat boshqaruvi tizimidagi yondashuvni va faoliyat tamoyillarini tubdan o‘zgartirishga, Yangi O‘zbekistonda o‘zaro munosabatlarning asosi sifatida “davlat-jamiyat-inson” tamoyili o‘rniga “inson-jamiyat-davlat” g‘oyasini asos qilib qo‘yishga qaratilganligi, shuningdek, yangi tahrirdagi Konstitutsiya Yangi O‘zbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berganligi ta’kidlab o‘tildi.

Ijtimoiy tarmoqlar

0АъзоларЁқтириш
0ОбуначиЭргашувчи
0ОбуначиЭргашувчи
0ОбуначиОбуна

So‘nggi yangiliklar

Tavsiya etamiz