Bosh sahifaYangiliklarHuquqChet elliklarni vaqtinchalik ro‘yxatga olish talablari soddalashtirildi

Chet elliklarni vaqtinchalik ro‘yxatga olish talablari soddalashtirildi

Endilikda, chet el fuqarolarini migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari, joylashtirish vositalari yoki davolash muassasalarida vaqtincha ro‘yxatga olish uchun 3 kunlik yagona muddat o‘rnatiladi. Bu haqda Hukumat qarorida qayd etildi.

Mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgan, shuningdek, boshqa qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni joylashtirish vositalari va davolash muassasasida vaqtincha ro‘yxatga olishni faqat ichki ishlar organlaridan ruxsat olingandan keyin amalga oshirish tartibi bekor qilinmoqda.

Endi bunday huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining ma’muriyati, xususiy uy-joy egalari hududiy ichki ishlar organlariga “E-mehmon” dasturi orqali xabar bergan holda joylashtiradi.

Ijtimoiy tarmoqlar

0АъзоларЁқтириш
0ОбуначиЭргашувчи
0ОбуначиЭргашувчи
0ОбуначиОбуна

So‘nggi yangiliklar

Tavsiya etamiz