Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an 7,7 magnitudali bugungi zilzila Turkiyada 1939 yildan beri eng kuchlisi bo‘lgani haqida gapirdi.
“Bugun tunda soat 04.17 da biz 1939 yilda Erzinjondagi zilziladan keyin o‘tgan asrda boshdan kechirgan eng katta falokatdan hayratda qoldik”, dedi prezident zilzila oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha qo‘mondonlik punktidan so‘zga chiqqanida.
O‘shanda deyarli 33 ming kishi halok bo‘lgan, 100 mingga yaqin kishi jarohat olgandi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an sodir bo‘lgan zilzila oqibatida 912 kishi halok bo‘lgani, shuningdek, 5385 kishi jarohatlanganini ma’lum qildi.