Bosh sahifaYangiliklarHuquqErim meni o‘z firmasidan ishdan bo‘shatib yubordi,...

Erim meni o‘z firmasidan ishdan bo‘shatib yubordi, haqqi bormi?

Turmush o‘rtog‘im direktor bo‘lgan tashkilotda ishlardim. Oilaviy masalalarda tortishaverib, kelishmay qoldik, u meni ishdan bo‘shatib yubordi. Shu to‘g‘rimi? Bu vaziyatda mening qanday haq-huquqlarim bor?

Turmush o‘rtog‘ingiz sizning mehnatga oid huquqlaringizni buzgan. Aslida nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini ham ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish asosli bo‘lishi shart.

Qonunchilikda mehnat shartnomasini bekor qilishning asosli ekanligini bildiruvchi sabablar ko‘rsatilgan bo‘lib, oilaviy kelishmovchiliklar, er-xotin o‘rtasidagi munosabatlar bunday sabablar qatorida qayd qilinmagan.

Sizga buyruq nusxasini olgan kuningizdan boshlab qonunda belgilangan bir oylik muddatni o‘tkazib yubormasdan tashkilot joylashgan joydagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga ishga tiklash, majburiy progul uchun haq undirish, ma’naviy zarar undirish to‘g‘risida da’vo arizasi kiritishni tavsiya qilamiz.

Chunki, qonun talabi bo‘yicha sud tomonidan huquq buzilganligi aniqlangan taqdirda ham, agar qonunda sudga murojaat qilishning belgilangan muddati uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilsa va taraf muddatni qo‘llab arizani rad etishni talab qilsa, sud huquqni tiklashni rad etishi mumkin.

Bunday da’volar bo‘yicha xodimlar sud xarajatlaridan to‘la ozod qilingan.

Savolga fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi sudyasi Fahriddin Bahronov javob berdi.

Ijtimoiy tarmoqlar

0АъзоларЁқтириш
0ОбуначиЭргашувчи
0ОбуначиЭргашувчи
0ОбуначиОбуна

So‘nggi yangiliklar

Tavsiya etamiz