Bosh sahifaE-mutolaa“Inson va qonun” gazetasi Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish tartibi...

 Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish tartibi qanday?

—  Farzandim tug‘ilganda qaynonam eski davr ismlaridan birini tanlab berdilar, hozirda farzandim tengqurlari orasida o‘z ismidan xijolat bo‘lmoqda. Shu sabab tufayli uning ismini o‘zgartirsam bo‘ladimi?

— Familiya, ism va ota ismini o’zgartirish uchun FHDY organlariga familiya, ism va ota ismini o’zgartirish haqida ariza bilan murojaat qilinadi va mazkur ariza shu kunning o’zida ro’yxatga olish elektron daftariga kirim qilinib, ariza va taqdim qilingan hujjatlar o’zgartirish kiritilishi lozim bo’lgan dalolatnoma yozuvi nusxasi bilan alohida yig’ma jildga tartib bilan tikiladi.
Familiya, ism, ota ismini ishonchnoma orqali o’zgartirishga yo’l qo’yilmaydi.
FHDY organi rahbari shu kunning o‘zida tekshirish o‘tkazish uchun ichki ishlar organiga elektron axborot tizimi orqali so‘rovnoma yuboradi.
Ariza beruvchining familiyasi, ismi, ota ismining o‘zgartirilishi maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa tuzilgan taqdirda ushbu holatning aniq sabablari ko‘rsatiladi.
Ichki ishlar organining xulosasi yig‘ma jildga tikib qo‘yiladi.
Familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish to‘g‘risidagi xulosaga asosan, tegishli ( tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi yoki nikohdan ajraganlik, 16 yoshga to‘lmagan bolalarning tug‘ilganlik haqidagi) dalolatnoma yozuvlariga ariza beruvchining yangi familiya, ism, ota ismi kiritilib, ular asosida yangi guvohnoma beriladi.
Familiya, ism, ota ismi o‘zgartirilgan shaxsga familiya, ism, ota ismi o‘zgartirilganligi haqida ma‘lumotnoma beriladi.
Shaxsning familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish haqida arizasini qabul qilgan FHDY organi tomonidan ariza beruvchiga yangi guvohnoma berilganidan so‘ng ichki ishlar va mudofaa ishlari organlariga uch kun ichida xabarnoma yuboriladi.
Familiya, ism, ota ismini o‘zgartirganlik sababli berilgan yangi guvohnomaning seriyasi, raqami va berilgan sanasi familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish to‘g‘risidagi xulosaga yozib qo‘yiladi.
Familiya, ism, ota ismini o‘zgartirganlik sababli beriladigan yangi guvohnomalar Takroriy guvohnomalarni saqlash elektron daftarida qayd etiladi. Bunda yangi guvohnomaga “takroriy” deb belgi qo‘yiladi.
Familiya, ism, ota ismi o‘zgartirilgan shaxs ikkinchi marta FHDYO organiga mazkur masalada bir yil o‘tgandan so‘ng murojaat etishi mumkin.
Fuqarolar tomonidan familiya, ism, otasining ismi oʻzgartirilganligi uchun:

🔹 16 yoshdan 18 yoshgacha – BHMning 50 foizi (150 ming soʻm) miqdorida;
🔹 18 yoshdan kattalar – BHMning 1 baravari (300 ming soʻm) miqdorida davlat boji toʻlaydi.

Zulfizar Sayfiyeva
Ğijduvon tuman FHDY bôlimi 1-toifali inspektori

Ijtimoiy tarmoqlar

0АъзоларЁқтириш
0ОбуначиЭргашувчи
0ОбуначиЭргашувчи
0ОбуначиОбуна

So‘nggi yangiliklar

Tavsiya etamiz