Endi jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda faol ishtirok etgan va o‘rtacha yoki og‘ir tan jarohati olgan yoxud halok bo‘lgan shaxslarga bir martalik nafaqa tayinlanadi. Ushbu tartib Hukumat qarori bilan belgilandi.
Bir martalik nafaqa miqdorlari quyidagicha:
- o‘rtacha tan jarohatida – BHMning 20 baravari;
- og‘ir tan jarohatida – BHMning 50 baravari;
- fuqaro halok bo‘lganida – BHMning 100 baravari.
Nafaqalar tayinlashga profilaktika organlarining sud-tibbiy xulosa yoki o‘lim haqidagi guvohnoma ilova qilingan taqdimnomasiga asoslangan komissiya qarori asos hisoblanadi.