Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki maktab o‘quvchilarini o‘g‘irlashmoqchi bo‘lishayotganligi haqidagi xabarlarga Ichki ishlar vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Ta’kidlanishicha, mas’ullar tomonidan tekshiruv o‘tkazilgan. Aniqlanishicha joriy yilning 1 fevral kuni Shayxontohur tumanida 113-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchisi F.N. boshqaruvidagi avtomashinaga 132-sonli maktab o‘quvchilari G.B, S.N. lar yerdagi muz bo‘lagini tepgan.
Shundan so‘ng 11-sinf o‘quvchilari muz bo‘lagini tepgan bolalarni ichki ishlarga olib boramiz deb ularni og‘zaki qo‘rqitishgan. Bolalar boshqa bunday qilmasligini aytib uyiga ketishgan.
Hozirgi vaqtda bolalar sog‘-salomat ota-onasi bag‘rida.
Avtomashinani boshqarish huquqi bo‘lmagan maktab o‘quvchilarining ota-onasi bilan birga huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.