Zilzila epitsentri Nyu-York shtatining Buffalo shahri yaqinida uch kilometr chuqurlikda joylashgan.
AQShning Nyu-York shtatida 6-fevral, dushanba kuni mintaqadagi so‘nggi 40 yildagi eng kuchli zilzila sodir bo‘ldi.
Biroq uning magnitudasi unchalik katta emas – 3,8 ball, deb xabar beradi NBC nashri. Zilzila 6 fevral kuni Nyu-Yorkning Buffalo shahri yaqinida qayd etilgan. Zilzila o‘chog‘i uch kilometr chuqurlikda bo‘lgan. Qayd etilishicha, 1983 yildan buyon G‘arbiy Seneka mintaqasida, Buffalo shahri yaqinida 2,5 magnitudadan ortiq 24 ta zilzila qayd etilgan. Eri okrugi rahbari Mark Polonkartsning aytishicha, qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida xabarlar kelib tushmagan.
Eslatib o‘tamiz, 6-fevralga o‘tar kechasi Turkiyaning janubi-sharqida so‘nggi 80 yildagi eng kuchli zilzilalardan biri sodir bo‘ldi.