1. Mutolaa asabni tinchlantiradi.
Asabingizni tinchlantirish uchun musiqa tinglash, sayr qilishi, va turli xil mashg’ulotlarni ehtimol afzal kõrishingiz mumkin. Biroq eng samarili usuldan xabaringiz yõq bõlshi mumkin. Atiga olti daqiqa kitob o’qish asabiylashishga barham beradi.
2. Mutolaa qalbni yumshatadi.
Mutolaa qalbni yumshatadi. Kitob o’qish jarayonida o’quvchi qahramonlar bilan birga yashaydi. Ularning quvonchi va tashvishlariga sherik bõlib ular yeg’lasa yeglaydi kulsa kulib ularning his-tuyg’ularni tushunadi. Tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, badiiy asar o’qigan odam hayotda boshqalarning ham his-tuyg’ularni yaxshi tushunar ekan.
3.Mutolaa yaxshilik qilishga undaydi.
Faol kitobxonlar xayrli ishlarda boshqalarga nisbatan uch marta kõproq shug’ulanishadi. Mutolaa muhtoj insonlarga yordam qo’lini cho’zishga undaydi.,
4. Mutolaa bizning so‘z boyligimizni oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqotlarga qaraganda, kitob mutolaasi bilan shug‘ullanuvchilarning so‘z boyligi boshqa insonlarga nisbatan yuqori bo‘lishi isbotlangan va shu sababli ular boshqalarga aytishni xohlagan so‘z ifodalarini juda ham osonlik bilan ifodalab beradilar. Qisqa qilib aytganda, qancha ko‘p o‘qisangiz shuncha ko‘p so‘z boyligiga ega bo‘lasiz.
5. Mutolaa til mahoratimizni yaxshilaydi.
Xorijiy tilda biror adabiyotni o‘qish dastlab katta harakat talab etadi, lekin bu bizning so‘z boyligimiz oshishiga xizmat qiladi. Boshqa tilni tushunishda ba’zan uning turli qismlarini tarjima qilishga ehtiyoj seziladi va ular lug‘atdan qidiriladi. Kitob o‘qish nafaqat so‘z boyligini balki umumiy savodxonlikni ham oshiradi. Qaysi tilda o‘qishdan qat’iy nazar, mutolaa orqali gapning konteksti qay tarzda yasalishini o‘rganish mumkin bo‘ladi.
6. Mutolaa yangi va noyob fikrlar tug‘ilishiga yordam beradi. Mutolaa bizni fikrlashga chorlaydi. Ba’zan, orzularimiz ham biz o‘qigan, xursand qilgan kitob bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, mutolaa bizning dunyoqarashimizni boyitadi. Inson o‘qish orqali yangi fikrlar va yorqin g‘oyalar oladi. Inson o‘zi bilmagan holda ilhomlanib o‘qishi, yangi va o‘zgacha fikrlar yuzaga kelishiga turtki beradi.
7. Mutolaa jinoyatchilikning oldingi oladi. O’tkazilgan tadqiqotdan ma’lum bo’lishicha, panjara ortida savodxonligini oshirgan jinoyatchilar ozodlikka chiqqandan so’ng boshqa jinoyatchilarga nisbatan jinoyatga 30,40 foiz kamroq qo’l uradilar.
8. Mutolaa sizni zukkolikka yetaklaydi. Kitoblar manbalar va yangi bilimlarning haqiqiy xazinasidir. Shuningdek, ular hozirgi paytdagi turli xildagi o‘quv kurslari ta’limidan ancha arzon hisoblanadi. Qanchalik ko‘p kitob o‘qigani sari insonning zukkoligi va teran fikrlash qobiliyati shunchalik oshib boradi. Shu bilan birga, inson turli mavzularda qanchalik ko‘p kitob o‘qisa, o‘z bilimini oshirishi bilan bir qatorda, o‘zaro muloqot qilish san’atini ham yaxshi egallaydi.
9.Mutolaa miya faoliyatini mustahkamlaydi. Inson odatda o‘qigan kitobi to‘g‘risida o‘ylashi uchun vaqti ko‘p bo‘ladi. Emori universiteti olimlari kitob o‘qigan insonning aqliy salohiyati bir necha kun davomida yuqori holatda bo‘lishini isbotlashdi. Tadqiqot mualliflari kitob o‘qish miyadagi asab tolalarini mustahakamlashini ta’kidlashmoqda.
Qizlarxon Ortiqova,
ÕzDJTU talabasi