Shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi foydalanuvchilarga elektron raqamli imzoni qoʻllamagan holda davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi (bundan kreditlash sohasida koʻrsatiladigan moliyaviy xizmatlar mustasno).
Mobil-ID tizimi aholining masofadan turib elektron davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi va aholiga qulayliklar yaratadi.
Bugungi kunga qadar Mobil-ID tizimi orqali 911 089 nafar fuqarolar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, uning xizmatlaridan 90 ming martadan ortiq foydalanilgan.
“Mobile ID” tizimidan ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz nima qilish kerak?
“Mobile ID” tizimidan ro‘yxatdan o‘tish juda oson. Buning uchun siz bir marotaba shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki haydovchilik guvoxonomasi) bilan respublikada mavjud davlat xizmatlari markazlari yoki notariuslarga tashrif buyurishingiz kifoya.
Davlat xizmatlari markazi operatori yoki notariusga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etasiz va mobil raqamingizni ma’lum qilasiz;
operator yoki notarius tizim orqali sizni “one.id” tizimi orqali ro‘yxatga o‘tganligingizni tekshiradi va ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz ro‘yxatdan o‘tkazadi;
tizim orqali biometrik ma’lumotlaringiz tasdiqlanadi;
telefon raqamingizga tasdiqlovchi kod yuboriladi va kod tizimga kiritiladi.
Endi siz mobil raqamingiz orqali YIDXP (my.gov.uz) portali va boshqa ko‘pgina moliyaviy xizmatlarga telefoningiz orqali buyurtma berishingiz va tasdiqlashingiz mumkin.
Mobil-ID tizimidan qanday maqsadlarda foydalaniladi?
OneID tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlarining portal va axborot tizimlariga kirishda foydalanuvchilarning shaxsini tasdiqlash (autentifikatsiya qilish);
Mobil-ID tizimidan foydalanayotgan foydalanuvchining haqiqiyligini tasdiqlash (verifikatsiya qilish);
elektron davlat xizmatlaridan foydalanish boʼyicha foydalanuvchilar tomonidan berilgan arizalarni tasdiqlash;
foydalanuvchi oʼzining shaxsiga doir maʼlumotlarni davlat organlari va tashkilotlari “Elektron hukumat” tizimi orqali olganda bu haqida xabarnomalar qabul qilish;
foydalanuvchi oʼzining shaxsiga doir maʼlumotlarini davlat organlari va tashkilotlari, xoʼjalik birlashmalari, nodavlat tashkilotlar “Elektron hukumat” tizimi orqali olishi uchun ruxsat berish;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlarda.
Qanday holatlarda shaxsni Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan oʻtkazish rad qilinishi mumkin?
Quyidagi holatlarda foydalanuvchini Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan oʻtkazish rad qilinadi:
Soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning notoʻgʻri ekanligi yoki toʻliq emasligi Mobil-ID tizimi orqali aniqlanganda;
2023-yil 1-yanvardan boshlab Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan oʻtkazish uchun belgilangan toʻlov toʻlanmaganda;
Foydalanuvchini Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan oʻtkazish ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq boʻlmaganda;
shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asli taqdim etilmaganda;
Foydalanuvchining biometrik maʼlumotlari va shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi maʼlumotlari mos kelmaganda;
Biometrik maʼlumotlarni taqdim etishdan bosh tortganda.
Foydalanuvchini Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan oʻtkazishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Foydalanuvchi ushbu kamchiliklarni bartaraf etgan holda istalgan vaqtda Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan oʻtish boʻyicha qayta murojaat qilishi mumkin. Bunda foydalanuvchini Mobil-ID tizimida identifikatsiyalash umumiy tartibda amalga oshiriladi.