Bosh sahifaYangiliklarJahonQuvayt va Samarqand havo orqali bog‘landi

Quvayt va Samarqand havo orqali bog‘landi

Quvaytning Jazeera Airways aviakompaniyasi Quvayt va Samarqandni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘lamoqda. Quvayt – Samarqand – Quvayt yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlar Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Birinchi reys 2023 yilning 15 fevraliga mo‘ljallangan.

Muntazam yo‘lovchi qatnovlari haftasiga ikki marta – chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Jazeera Airways O‘zbekistonga parvozlarni 2021 yildan boshlagan. Quvaytdan Toshkentga muntazam yo‘lovchi qatnovlari haftasiga uch marta – dushanba, seshanba va shanba kunlari, Namanganga – dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Jazeera Airways Quvaytning ikkinchi milliy aviakompaniyasi bo‘lib, shtab-kvartirasi xalqaro aeroportda joylashgan va arzon narxlardagi havo sayohatlariga ixtisoslashgan.

Ijtimoiy tarmoqlar

0АъзоларЁқтириш
0ОбуначиЭргашувчи
0ОбуначиЭргашувчи
0ОбуначиОбуна

So‘nggi yangiliklar

Tavsiya etamiz