Bosh sahifaE-mutolaa“Inson va qonun” gazetasiShartnoma majburiyatlarini bajarmagan korxona qarz ustiga penya...

Shartnoma majburiyatlarini bajarmagan korxona qarz ustiga penya to’laydigan bo’ldi

“Mirzacho’l Agro Qurilish Loyiha” MChJ va Sirdaryo tumani obodonlashtirish boshqarmasi o‘rtasida 2022-yil 6-dekabrda qurilish ishlarida  loyiha smeta hujjatlarini tayyorlab berish uchun 152 461 000 so‘mlik  shartnoma tuzilgan bo‘lib, “Mirzacho‘l Agro Qurilish Loyiha” MChJ tomonidan shartnomada belgilangan ishlar bajarilib, loyiha smeta hujjatlarini qabul qilish dalolatnomasi imzolangan.

Biroq, Sirdaryo tumani obodonlashtirish boshqarmasi bajarilgan ishlar uchun 45 738 300 so‘m to‘lovni amalga oshirgan xolos, qolgan 106 772 000 so‘m mablag‘ to‘lab berilmagan.

Sirdaryo tumani adliya bo’limi tomonidan “Mirzacho‘l Agro Qurilish Loyiha” MChJ rahbari D.Fayzullayevning ushbu qarzdorlikni undirishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.

O‘rganish davomida aniqlanishicha taraflar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan ish to‘liq bajarilganidan keyin 5 kun ichida to‘lovning qolgan 70 %  to‘lanishi belgilangan.

“Mirzacho’l Agro Qurilish Loyiha” MChJ tomonidan ish to‘liq  yakunlangan bo‘lsada, Sirdaryo tumani obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan shahrtnoma majburiyatlari bajarilmagan.

“Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga asosan xo‘jalik shartnomasi taraflari tuzilgan xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha zimmalariga olingan majburiyatlarni o‘z vaqtida va tegishli tartibda bajarishlari shart.

Shuningdek, mazkur Qonunning 32-moddasida yetkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun sotib oluvchi (buyurtmachi) yetkazib beruvchiga o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan to‘lov summasining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorida penya to‘lashi belgilangan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, adliya bo‘limi tomonidan tadbirkor manfaatida Sirdaryo tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritildi.

To‘plangan hujjatlar asosida ish xolisona ko‘rib chiqilib, sudning adolatli qarori qabul qilindi. Sirdaryo tumani obodonlashtirish boshqarmasi hisobidan “Mirzacho’l Agro Qurilish Loyiha” MChJ foydasiga 106 772 000 so‘m miqdorda asosiy qarz, 6 500 000 so‘m miqdorda penya undiriladigan bo‘ldi. Bundan tashqari, respublika byudjetiga 2 963 990 ming so‘m davlat boji to‘lanishi ham belgilandi.

Shaxboz Ismoilov,

Sirdaryo tuman adliya bo’limi bosh maslahatchisi

Ijtimoiy tarmoqlar

0АъзоларЁқтириш
0ОбуначиЭргашувчи
0ОбуначиЭргашувчи
0ОбуначиОбуна

So‘nggi yangiliklar

Tavsiya etamiz