Bosh sahifaE-mutolaa“Inson va qonun” gazetasiTenglik, bepul ta'lim va individuallik: Finlandiya ta'lim...

Tenglik, bepul ta’lim va individuallik: Finlandiya ta’lim tizimi haqida

Finlandiya ta’lim tizimi koʻp yillar davomida dunyo mamlakatlari orasida eng ilgʻor ta’lim tizimi sifatida koʻrib kelinadi.Finlandiya ta’lim tizimi asosini quyidagi yettita tamoyil tashkil etadi.

  1. Tenglik

Finlandiyadagi barcha oʻquvchilarga bir xil ta’lim tizimini taqdim etadi. Barcha maktablarda bir xil ta’lim beriladi. Oʻquvchilar muvaffaqiyatiga qarab turli maktablarga birlashtirilmaydi. Deyarli barcha oʻquvchilar uylariga yaqin maktablarga borishadi.

  1. Bepul ta’lim

Finlandiya ta’limining muhim xususiyatlaridan yana biri shundaki u barcha darajalarda ya’ni maktabgacha ta’limdan to Oliy ta’limga qadar toʻliq bepul ta’lim olishni ta’minlaydi. Shuningdek, barcha oʻquv materiallari, darsliklar, soliqni saqlash xizmatlari va maktabga qatnash transporti bepul amalga oshiriladi hamda boshlangʻich va oʻrta ta’limda barcha oʻquvchilarga bepul tushlik beriladi.

  1. Individuallik

Darslarni oʻzlashtirishi qiyin boʻlgan oʻquvchilar bilan oʻqituvchilar alohida shugʻullanishadi. Finlandiyada oʻquvchilar qoʻshimcha darslarga qoldirilmaydi.

  1. Amaliylik

Oʻquvchilarni imtihonga emas, balki hayotda tayyorlash, darslarda oʻquvchilar masalan, viza kartada qanday foydalanish, shartnomalar tuzish , saytlar yaratish, tikish, ovqat pishirish, marketing va savdo ishlari bilan shugʻullanish kabi amaliy ishlar bilan shugʻullanadilar.

  1. Ishonch va oʻqituvchilar salohiyati

Barcha maktablardagi oʻqituvchilar magistratura darajasida ega boʻlishlari shart. Finlandiya ta’lim tizimi va jamiyati oʻqituvchilarning malakasiga tayanadi.

  1. Ixtiyoriylik

Dars jarayonida qay darajada ishtirok etish oʻquvchilar ixtiyorida.

  1. Mustaqillik

Fin ta’lim tizimida oʻqituvchilar oʻquvchilarni imkon qadar oʻzlari bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirishlari kerakligiga yoʻnaltiradi.Oʻquvchilarning har qanday fikri inobatga olinadi.

Maktab formasi yoʻq, qolaversa oʻquvchilar oʻzlarini issiq uylaridagi kabi his qilishlari uchun maktablarda poyabzal kiyilmaydi. Oʻquvchilar oʻzlari bilan qalin jun paypoqlarni olib kelishadi. Finlandiyada yoshidan qat’i nazar oʻquvchilar oʻzlari maktabda piyoda yoki velosipedda boradilar.

Маlikadiana Isrofilova,

OʻDJTU talabasi

Аввалги мақола
Кейинги мақола

Ijtimoiy tarmoqlar

0АъзоларЁқтириш
0ОбуначиЭргашувчи
0ОбуначиЭргашувчи
0ОбуначиОбуна

So‘nggi yangiliklar

Tavsiya etamiz