Bosh sahifaYangiliklarJahonTurkiya janubi-sharqida kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Turkiya janubi-sharqida kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Turkiyalik seysmologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, 7,4 magnitudali zilziladan keyingi yer silkinishlari dushanba kuni Turkiyaning ko‘plab mintaqalarida, jumladan Anqarada ham sezilgan.

Favqulodda vaziyatlar davlat departamentining aniqlik kiritishicha, zilzila Qahramonmarash viloyatining Pazardjik tumanida mahalliy vaqt bilan soat 04.17 da 7 km chuqurlikda sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng yer silkinishlari yarim soat davomida turli hududlarda – Adana, Anqara, Antaliya, Gaziantep, Qaysari, Mersin, Trabzon, Shanliurfada sezildi.

Qahramonmarash, Malatya, Shanliurfa va Gaziantep viloyatlarida uylarning qulashi qayd etildi, deb xabar bergan Yeni Shafaq gazetasi. TRT telekanalining xabar berishicha, Turkiya janubi-sharqidagi bir qancha viloyatlarda aholi zilziladan qo‘rqib, sovuqqa qaramay uylarini tark etmoqda.

“Mamlakatda eng yuqori xavf darajasi e’lon qilindi. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan birgalikda qutqaruvchilarni hududlarga jo‘natdik”, – dedi Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu deyiladi xabarda.

Unga ko‘ra, Turkiyada e’lon qilingan xavf darajasi xalqaro yordam zarurligini nazarda tutadi.

Bundan tashqari, Al Arabiya telekanalining qayd etishicha, yer silkinishlari Iroq va Livanning ayrim hududlarida ham sezilgan. Kanal provinsiyadan olingan suratlarga iqtibos keltirmoqda, ularga ko‘ra, silkinishlar natijasida kamida bitta bino butunlay vayron bo‘lgan. Mintaqadagi zilzila Bayrutda ham sezilgani xabar qilinmoqda. “Al-Vatan” gazetasining yozishicha, Suriyada “kuchli silkinishlar Damashq va Latakiya aholisi tomonidan sezilgan”.

Ijtimoiy tarmoqlar

0АъзоларЁқтириш
0ОбуначиЭргашувчи
0ОбуначиЭргашувчи
0ОбуначиОбуна

So‘nggi yangiliklar

Tavsiya etamiz