Bosh sahifaYangiliklarJahonTurkiyadagi zilzilada YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan tarixiy obida...

Turkiyadagi zilzilada YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan tarixiy obida vayron bo‘ldi – Zilzila qurbonlari soni ortmoqda

“Zilziladan jabr ko‘rgan Gaziantepda tarixiy qal’a qulagani ma’lum bo‘ldi”, deb yozmoqda “Posta” gazetasi. Gaziantep YUNESKOning ijodkor shaharlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Bugun Turkiyaning Qahramonmarash viloyatida soat 04.17 da 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi va bir qator shaharlar vayron bo‘ldi. Shuningdek, Suriyaning bir qancha mintaqalarida vayronalar qayd etilgan, zilzila Livan poytaxti Bayrutda ham sezilgan.

Hozirda Turkiyaning 10 ta shahrida: Gaziantep, Qahramonmarash, Hatay, Usmoniya, Adiyaman, Malatya, Shonliurfa, Adana, Diyorbakir va Kilisda vayrongarchiliklar kuzatilmoqda.

Avvalroq Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu mamlakatda zilzila tufayli eng yuqori darajadagi ogohlantirish e’lon qilinganini ma’lum qilgandi.

Ayni damda Turkiyada 284 kishi halok bo‘lgani va 2323 kishi yaralangani, Suriyada esa 237 kishi halok bo‘lgani, 600 kishi yaralangani ma’lum.

Mamlakatning bir qancha hududlarida jiddiy vayronagarchiliklar yuz berdi.

Ijtimoiy tarmoqlar

0АъзоларЁқтириш
0ОбуначиЭргашувчи
0ОбуначиЭргашувчи
0ОбуначиОбуна

So‘nggi yangiliklar

Tavsiya etamiz