Yuridik texnikumlarda “O‘rta professional yuridik kadrlar uchun mehnat bahori” tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Adliya vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning mart-may oylarida hududiy 14 ta yuridik texnikumlarda bitiruvchi kurs o‘quvchilarining bandligini ta’minlash maqsadida yirik va mayda biznes tashkilotlari hamda huquqni muhofaza qilish organlari ishtirokida “O‘rta professional yuridik kadrlar uchun mehnat bahori” tadbirlari yuqori saviyada o‘tkazildi.
Ushbu mehnat yarmarkalarida respublika bo‘yicha bitiruvchi kurs bo‘lgan 1 586 nafar o‘quvchi, o‘tgan yillarda bitirgan 512 nafar sobiq o‘quvchilardan iborat bo‘lgan ja’mi 2098 nafar shaxslarga hududlardagi barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar va davlat tashkilotlari hamda 185 ta yirik va mayda biznes tashkilotlar qatnashdi.
Mehnat yarmarkalari jarayonida o‘quvchilarga tashkilotlar vakillari tomonidan sohalar bo‘yicha tegishli ma’lumotar berildi.
Tadbirlar natijasida, o’quvchilarga ishga qabul qilish jarayonlari va tartiblari tushuntirildi hamda 200 nafardan ortiq o‘quvchilarning bandligi ta’minlandi.
Mehnat yarmarkalari to’g’risida har bir hudud bo‘yicha ma’lumot olishingiz mumkin.
Qoraqalpog’iston Respublikasi yuridik texnikumi;
Andijon viloyati yuridik texnikumi;
Buxoro viloyati yuridik texnkumi;
Jizzax viloyati yuridik texnikumi;
Namangan viloyati yuridik texnikumi;
Navoiy viloyati yuridik texnikumi;
Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi;
Samarqand viloyati yuridik texnikumi;
Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi;
Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi;
Toshkent viloyati yuridik texnikumi;
Farg’ona viloyati yuridik texnikumi;