YangiliklarJahonVaksinatsiyalash majburiy qilib belgilangan davlatlar

Vaksinatsiyalash majburiy qilib belgilangan davlatlar

Adliya vazirligining Huquqiy axborot telegram kanali vaksinatsiyalash majburiy qilib belgilangan davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Avstraliya

Joriy yil iyun oyini oxirida karantinli mehmonxonalarda keksa yoshdagi ishchilar va xizmatchilar uchun COVID-19 vaksinasi bilan emlash majburiy qilindi. Tokioga boradigan parolimpiya sportchilari uchun emlanish majburiy qilingan.

Angliya

“Qariyalar uyi” ishchilari uchun oktabr oyidan boshlab koronavirusga qarshi emlash majburiy bo‘ladi.

Fransiya

2021 yil 12 iyuldan barcha sog‘liqni saqlash xodimlari, kinoteatrga kirmoqchi yoki poyezdga chiqmoqchi bo‘lganlar emlanganligi to‘g‘risida hujjatni yoki kovidga chalinmaganligi bo‘yicha salbiy test natijasini ko‘rsatishi shart.

Gretsiya

2021 yil 12 iyuldan qariyalar uyi xodimlari emlanishi majburiy, sentabr oyidan faqat vaksina olgan fuqarolar barlar, kinoteatrlar, teatrlar va boshqa yopiq joylarga kirishiga ruxsat berilgan.

Indoneziya

2021 yil fevral oyidan emlash majburiy ravishda amalga oshirilmoqda. Indoneziya poytaxti Jakartada vaksina olishdan bosh tortganligi uchun 5 mln rupiya (357 AQSh dollari)gacha jarima qo‘llanilishi belgilangan.

Italiya

2021 yil mart oyida sog‘liqni saqlash xodimlari, shu jumladan farmatsevtlar majburiy emlangan. Rad etganlarga yil davomida maosh berilishi to‘xtatilgan.

Qozog‘iston

2021 yil iyun oyidan 20 dan ortiq sohada ishlaydigan odamlar majburiy emlangan, emlashdan bosh tortganlarda haftalik sinovlar o‘tkazilgan.

Polsha

2021 yil avgust oyidan boshlab xavf yuqori bo‘lgan ayrim toifadagi odamlar uchun emlashni majburiy amalga oshirish rejalashtirilgan.

Rossiya

Moskvada 2021 yil iyun oyining oxiridan kafe, bar va restoranlarga faqat emlanganlar yoki kovidga chalinmaganligi to‘g‘risida salbiy test natijasi mavjud bo‘lganlar kirishiga ruxsat berilgan.

Saudiya Arabistoni

2021 yil may oyidan ish joyiga borib ishlash uchun davlat va xususiy sektor ishchilari majburiy emlanishi belgilangan (bunga muddat belgilanmagan). Shuningdek, 1 avgustdan boshlab har qanday davlat, xususiy yoki ta’lim muassasalariga kirish, jamoat transportidan foydalanish uchun majburiy emlanish belgilanmoqda.

Алоқадор мақолалар

Сўнгги янгиликлар

spot_img