YangiliklarKoronavirus infoXalqimizdan 3 ta muhim shartga qat’iy amal qilish talab etiladi – Shavkat...

Xalqimizdan 3 ta muhim shartga qat’iy amal qilish talab etiladi – Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev:
Pandemiyadan imkon qadar yo‘qotishlarsiz o‘tishimiz va keyingi to‘lqinlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun, xalqimizdan 3 ta muhim shartga qat’iy amal qilish talab etiladi:

Birinchidan, virusdan himoyalanish va uni yengishning eng muhim sharti – bu albatta vaksinatsiya. Qanchalik mashaqqatli bo‘lmasin, ushbu maqsadlar uchun bugungi kunga qadar 4 turdagi 13 million doza vaksina olib keldik. Qaysi turdagi vaksina bilan emlanish bo‘yicha aholida tanlash imkoniyati paydo bo‘ldi.

Ikkinchidan, shaxsiy gigiyena va ijtimoiy masofani saqlash talablariga rioya qilish, jamoat joylarida tibbiy niqobda yurish – kasallikdan eng samarali himoya ekanini unutmaslik lozim. Afsuski, odamlarimiz bu talabni unutib, esdan chiqarib qo‘ygani ham, ayni haqiqat. Cheklovlarga qaramasdan, joylarda ko‘p kishilik to‘ylar, turli xil marosimlar to‘xtagani yo‘q.

Shu bilan birga, joriy haftadan oliygohlarga kirish uchun test imtihonlari boshlanadi, bu tadbirlarda respublika bo‘yicha kuniga 100 mingga yaqin abituriyent qatnashadi. Ushbu tadbirlarni ham karantin talablari asosida tashkil etish zarur.

Uchinchidan, kasallik yengil kechayotgan va uy sharoitida davolanayotgan bemorlarni o‘zboshimchalik bilan, pala-partish dori vositalarini iste’mol qilishini oldini olish zarur.

Afsuski, bemorlar uy sharoitida noto‘g‘ri davolanishlari natijasida og‘ir oqibatlar kelib chiqmoqda.

Алоқадор мақолалар

Сўнгги янгиликлар

spot_img