YangiliklarMahalliyXDP prezidentlik saylovida ilgari surgan nomzodini ma’lum qildi

XDP prezidentlik saylovida ilgari surgan nomzodini ma’lum qildi

Toshkent shahrida 7 avgust, shanba kuni Xalq demokratik partiyasining navbatdagi plenumi o‘tkazildi. Unda partiya prezidentlik saylovi uchun o‘z nomzodini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, saylovda XDP tomonidan Maqsuda Vorisova nomzod sifatida qatnashadi. Partiya Markaziy Kengashi raisi Ulug‘bek Inoyatov partiya elektorati, tarafdor va faollari tomonidan tavsiya etilgan Vorisova Maqsuda Azizovnani partiyaning qurultoyida ko‘rib chiqish uchun nomzod sifatida ko‘rsatilganini e’lon qildi.

Plenumda partiyaning navbatdagi qurultoyini chaqirish va uning kun tartibi, partiya qurultoyiga vakillik me’yori va ularni saylash tartibi to‘g‘risidagi masalalar muhokama markaziga qo‘yildi. Shu bilan birga, partiya siyosiy kengashining plenumida saylovda ishtirok etishi to‘g‘risida qarori qabul qilindi.

Алоқадор мақолалар

Сўнгги янгиликлар

spot_img