YangiliklarKoronavirus infoYana antirekord: kecha yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 924 nafarga etdi

Yana antirekord: kecha yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 924 nafarga etdi

Yana antirekord: kecha yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 924 nafarga, pnevmoniya qayd etilganlar soni esa 559 nafarga yetdi, COVID-19 dan 8 nafar bemor vafot etdi.

2021 yil 30 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 129327 (+924) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

📌95 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌35 nafari Andijon viloyatida,
📌17 nafari Buxoro viloyatida,
📌99 nafari Jizzax viloyatida,
📌29 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌20 nafari Navoiy viloyatida,
📌35 nafari Namangan viloyatida,
📌94 nafari Samarqand viloyatida,
📌28 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌102 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌89 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌47 nafari Xorazm viloyatida,
📌98 nafari Toshkent viloyatida,
📌136 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 559 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Kecha kun davomida:

🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasida 50 nafar,
🔹Buxoro viloyatida 14 nafar,
🔹Jizzax viloyatida 95 nafar,
🔹Qashqadaryo viloyatida 25 nafar,
🔹Navoiy viloyatida 39 nafar,
🔹Namangan viloyatida 32 nafar,
🔹Samarqand viloyatida 100 nafar,
🔹Sirdaryo viloyatida 37 nafar,
🔹Surxondaryo viloyatida 104 nafar,
🔹Farg‘ona viloyatida 75 nafar,
🔹Xorazm viloyatida 42 nafar,
🔹Toshkent viloyatida 74 nafar,
🔹Toshkent shahrida 109 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 123164 (+796) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

⚫️Shuningdek, 8 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 874 nafarni tashkil qildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

Алоқадор мақолалар

Сўнгги янгиликлар

spot_img