Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o‘quvchilari o‘rtasida “Idrok” intellektual o‘yinining respublika bosqichi boshlandi.
Intellektual o‘yin davomida 14 ta guruh ishtirokchilari o‘zlarining taqdimot ishlari va mantiqiy savollarga tezkorlik bilan javob berishi bo‘yicha o‘zaro bellashadi.
Intellektual o‘yinning asosiy maqsadi nafaqat barcha yuridik texnikum o‘quvchi-yoshlarining bilimlarini oshirish, balki ular o‘rtasida do‘stona aloqalarni o‘rnatish, o‘zaro fikr almashishi uchun maydon yaratishdir.