Ўзбекистон
30.03.2024
630
SIIS kompaniyasi Janubiy Koreyaning kosmik suratlarni qayta ishlash va shu yo‘nalishda xizmat ko‘rsatuvchi yirik kompaniyalar biri hisoblanadi. Mamlakatimizdagi soha mutaxassislari Janubiy Koreya Respublikasining yer resurslari boshqaruvi va kadastr tizimi LX Office korporatsiyasi bilan hamkorlik o‘rnatgan. Mazkur davlatning sun’iy yo‘ldoshli yerni kuzatish tendensiyalari, texnologiyalari va istiqbollari va yaqin kelajakdagi rejalari o‘rganildi. Xususan, SIIS – kompaniyasi tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan loyihalar bilan tanishib chiqildi.
Ushbu kompaniya sun’iy yo‘ldosh tizimlarini eksport qiluvchi va hozirda Janubiy Koreyaning aerokosmik tadqiqotlar instituti tomonidan ishlab chiqilgan Arirang sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini global tijorat orqali yetkazib berish uchun javobgar hisoblanadi. Kompaniya 2025 yilda SpaceEye-T tomonidan ishlab chiqilgan sun’iy yo‘ldoshni ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
Bugungi kunda mazkur kompaniya bir nechta davlatlar bilan hamkorlik qilmoqda. Kompaniya tomonidan kosmo suratlarni taqdim etish, ularni o‘zaro solishtirish, o‘zgarishlarni aniqlash, qolaversa, kompaniya ishlab chiqqan “Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari platformasi”dan foydalanishga ruxsat berish orqali tegishli xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.
Sun’iy yo‘ldosh tasvirlaridan yer nazorati, qishloq ho‘jaligi, mudofaa, shaharsozlik, o‘rmon xo‘jaligi, xarita yaratish, tabiiy ofatni kuzatish yo‘nalishlarida keng foydalaniladi. Tasvirlardan foydalanish orqali quyidagi vazifalarni amalga oshirish imkoniyatini yaratiladi. Bunda global qamrov, keng ko‘lamli ma’lumotlarni muntazam va o‘z vaqtida yig‘ishga imkon tug‘iladi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlarga tezkor javob, iqtisodiy samaradorlik, boshqa texnologiyalar bilan integratsiya qilish jarayonlari amalga oshiriladi.
Mazkur “Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari platformasi”da juda ko‘p kulayliklar mavjud. Ular orasida geokuzatuv alohida ahamiyatga ega. Geokuzatuv yerni kuzatish ma’lumotlariga oson va tez kirish uchun eng yaxshi veb-xizmat hisoblanadi.
Geokuzatuv veb-sayt yaratish, tez vizualizatsiya, ma’lumotlarni ko‘rish va tahlil qilish imkonini beradigan qulay qidiruv tizimidir. U orqali nafaqat metadata, balki mintaqaning har qanday nomi bilan qidirish, ma’lumotlarni oson almashish, rasm yoki hududning havolasini nusxalash, elektron pochta yoki SMS orqali olish mumkin.
Eng muhim jihat shundaki, mazkur xorijiy kompaniya bilan hamkorlikda kosmik suratlarni qayta ishlash orqali respublikamiz hududida yerlarning o‘zgarishini tahlil qilish imkoniyati mavjud. Bu esa yer bilan bog‘liq qonunbuzilish holatlarini samarali aniqlashga imkon beradi.
Muhimi, mazkur platforma imkoniyatlaridan foydalanib bir qator qonunbuzarliklarning oldini olish, yer nazorati va huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishida samarali faoliyatni yo‘lga qo‘yish mumkin. Dastlabki bosqichda ushbu kompaniyaning kosmik suratlarini Kadastr agentligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan “Ye-YER NAZORAT” axborot tizimiga joylash mumkin. Natijada joylardagi o‘zgarishlarni aniqlash, qonunbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish imkoniyati yaratiladi.
Sardor OMONOV,
“Geoinfokom” davlat unitar korxonasi direktori o‘rinbosari
Улашиш:
Бошқалар
Ўзбошимчалик билан иморат қуриш ва унинг оқибатлари
Ўзбошимчалик билан иморат қурган шахс унга мулк ҳуқуқини ололмайди.
Турар-жой ижараси бўйича томонларнинг ҳуқуқ ва мажбуриятлари
Ўзбекистон Республикаси Уй-жой кодексининг 86-моддасига кўра турар-жой фуқаролар ва юридик шахсларга эгалик қилиш ва фойдаланиш учун аренда шартномаси асосида берилиши мумкин.
Крипто-активлар билан боғлиқ ҳуқуқбузарликлар ҳақидаги маълумотлар қандай аниқланади?
Терговга қадар текширувни амалга ошириш ва жиноятларни тергов қилиш давомида крипто-активлар билан боғлиқ ҳуқуқбузарликларга оид маълумотлар ва далиллар ахборот ташувчи қурилмалар, крипто-ҳамёнлар, буюмларда қайд этилган қўлёзма ва ёзувларда аниқланиши мумкин.
«Касб эгаси» дуал таълим тизими нима ва уни ташкил этиш тартиби қандай?
«Касб эгаси» дуал таълим тизими — назарий қисми олий таълим ташкилотида, амалий қисми эса йўлланма асосида иш жойида ўтказиладиган ҳамда корхона томонидан иш ҳақи тўланадиган таълим жараёнидир.